Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrining maxfiylik siyosati
- Mulkdor yoki operator (keyingi o‘rinlarda - ariza beruvchi), shaxsga doir ma’lulumotlar bazalari davlat reyestrida (Davlat reyestri) shaxsga doir ma’lumotlar bazasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun so‘rov yuborish vaqtida, Davlat reyestrining shaxsga doir ma’lumotlarga qo‘llaniladigan maxfiylik siyosatini (keyingi o‘rinlarda - Maxfiylik siyosati) qabul qiladi va shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilishiga o‘z roziligini beradi.
- Maxfiylik siyosatining barcha bandlari bilan Ariza beruvchi pd.gov.uz saytida tanishishi hamda kerakli bo‘lgan belgini qo‘yishi, ushbu maxfiylik siyosatiga uning to‘liq va e’tirozsiz kelishuvini bildiradi va ularni qabul qilgan deb hisoblanadi.
- Ariza beruvchi maxfiylik siyosatini qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat personallashtirish markaziga tegishli bo‘lgan pd.gov.uz sayti tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishiga o‘z roziligini beradi.
- Ariza beruvchi quyidagi shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga o‘z roziligini beradi:
- familiyasi, ismi, otasining ismi;
- pasport seriyasi va raqami;
- yashash joyi manzili;
- elektron pochta manzili;
- telefon raqami;
- Ariza beruvchi tomonidan taqdim qilayotgan boshqa ma’lumotlar.
- Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishning maqsadi:
- Davlat reyestridan foydalanayotgan Ariza beruvchini identifikatsiyalash;
- Ariza beruvchining Davlat reyestri orqali davlat organlari tomonidan ma’muriy reglamentlariga muvofiq ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlaridan ruxsat olib foydalana olishini ta’minlash.
- Ariza beruvchining shaxsga doir ma’lumotlaridan foydalanish jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- yig‘ish;
- tizimlashtirish;
- saqlash;
- o‘zgartirish;
- to‘ldirish;
- ulardan foydalanish;
- ularni berish;
- tarqatish;
- uzatish;
- egasizlantirish;
- yo‘q qilish.
- O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 18-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonunning 12 moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi Nizomning 9 bandiga muvofiq, Ariza beruvchining shaxsga doir ma’lumotlaridan uning ruxsatisiz foydalanish muxofaza qilinishi ta’minlanadi.
- Ariza beruvchi, u tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga doir ma’lumotlar unga tegishliligini tasdiqlaydi.
- Ariza beruvchining shaxsga doir ma’lumotlari ularga ishlov berish maqsadiga erishgunga yohud mazkur Maxfiylik siyosatining 13 bandiga muvofiq Kelishuv tugaguniga qadar saqlanadi va ishlov beriladi.
- Kelishuv, Ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra yozma yoki elekton shaklda ushbu tizim operatoriga murojaat qilib bekor qilinishi mumkin.
- Ariza beruvchi davlat xizmatlarni ko‘rsatish reglamentlariga muvofiq Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatayotgan davlat organlaridan axborot xabarlarini qabul qiladi.
- Ariza beruvchining Kelishuvi uni bekor qilinguniga qadar amalda bo‘ladi.
- Maxfiylik siyosati pd.gov.uz saytida joylashtirilgan vaqtdan boshlab amalda bo‘ladi va Ariza beruvchining shaxsga doir ma’lumotlariga o‘zgartirish va to‘ldirish haqidagi murojaati asosida, ushbu murojaat kelib tushgan paytdan e’tiboran uch kun muddat ichida ushbu tizim operatori tomonidan amalga oshiriladi.