Ko`p beriladigan savollar
pd.gov.uz Davlat reyestridan (keyingi o‘rinlarda Davlat reyestri) ro‘yxatdan o‘tish uchun Siz oldin Identifikatsiyalashning yagona tizimi – id.egov.uz (One ID) dan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz lozim. Agar Siz OneId tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz unda Davlat reyestriga kirishingiz mumkin bo‘ladi. Bunda Davlat reyestrida “OneID orqali kirish” orqali amalga oshirasiz:
O‘zingizning login va parolni kiritgan holda Kirish tugmasini bosing.
Endi siz shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.
JShShIR — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami. U 14 raqamdan iborat. Uni jismoniy shaxsning pasporti bo‘yicha aniqlash mumkin.
Operator — shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs.
Mulkdor — shaxsga doir ma’lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs.
Uchinchi shaxs — subyekt, mulkdor va (yoki) operator bo‘lmagan, ammo shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha holatlar yoki munosabatlar orqali ular bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday shaxs.
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarni bajarish uchun zarur hamda yetarli bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish yo‘li bilan shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-moddasini 2 bandiga muvofiq Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 141-moddasini 2 bandiga muvofiq Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
b) takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
d) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa;
e) xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa;
d) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
id.egov.uz tizimida Yuridik shaxsni qo‘shish uchun login va parolingiz bilan tizimga kiring.
id.egov.uz tizimida Yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun “Yuridik shaxs” tugmasini bosing.
Agar siz tashkilot rahbari bo‘lsangiz va sizda ERI kaliti mavjud bo‘lsa uni komp'yuteringizdagi C:\\DSKEYS yoki D:\\DSKEYS manzilida joylashtiring hamda ushbu kalitlar aynan sizga tegishliligini tekshiring.
ERI kalitingizning parolini kiriting.
id.egov.uz tizimidan Yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganingiz to‘g‘risida xabarnoma oynasi chiqadi va Siz tizimda Yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdingiz.
“Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestri”da shaxsiy kabinetga kirish uchun quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:
pd.gov.uz saytiga kirib “OneID orqali kirish” tugmasini bosing.
Siz avvaldan “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikasiyalashning Davlat reyestrida (id.egov.uz) tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz shaxsiy login va parolingizni kiritib Davlat reyestrida avtorizasiyadan o‘tishingiz mumkun.
Agarda Siz id.egov.uz tizimida avval ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz:
Foydalanuvchilar kelishuvi bilan tanishib chiqing va “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosib quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:
Ro‘yxatdan o‘tish oynasida tegishli maydonchalarga:
-
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqamingizni kiriting (JShShIR). (JShShIR - bu fuqarolik pasportingizni quyi qismidagi 14 raqam);
-
pasportingizning seriyasi va raqamini;
-
elektron pochta manzilingizni;
-
telefon raqamingizni kiriting va kodli SMS olish tugmasini bosing.
Telefon raqamingizga SMS orqali kelgan kodni SMS orqali kelgan kod maydoniga kiriting, so‘ngra “Keyingi” tugmasini bosing.
Ushbu oynada id.egov.uz tizimi uchun login va parol kiriting, so‘ngra “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosing.
id.egov.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tganligingiz to‘g‘risida xabarnoma oynasi chiqadi va Siz tizimda ro‘yxatdan o‘tganingiz tasdiqlanadi.
ID.EGOV.UZ TIZIMIDA AKKAUNTNI ERI BILAN TASDIQLASH BO‘YICHA
YO‘RIQNOMA
id.egov.uz tizimida akkauntingizni tasdiqlash uchun login va parolingiz bilan tizimga kiring.
id.egov.uz tizimida akkauntingizni tasdiqlash uchun “Tasdiqlash” bo‘linmasiga o‘ting, ERI kalitingizni tanlang va “Tasdiqlash” tugmasini bosing.
ERI kalitingizning parolini kiriting.
Tizimda akkauntingiz tasdiqlangani to‘g‘risida xabarnoma oynasi chiqadi va Sizning profilingiz tasdiqlanadi.
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir ma'lumotlar baza(lar)sini ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin pd.gov.uz saytidan avtorizatsiyadan o‘tgan bo‘lishi shart.
Mulkdor va (yoki) operator tomonidan ariza shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Mulkdor va (yoki) operator arizani so‘ralayotgan ma’lumotlarni kiritish va Davlat reestrini yuritish axborot tizimi tomonidan umumiy ma’lumotnomadan taklif etilayotgan ma’lumotlarni tanlash yo‘li bilan shakllantiradi.
1-qadam
2-qadam
3-qadam
4-qadam
5-qadam
6-qadam
7-qadam
8-qadam