Vakolatli organ haqida
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestri (keyingi o‘rinda Davlat reyestri deb ataladi) internet jahon axborot tarmog‘ida va O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida faoliyat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasida Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 71-sonli «Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish tartibini belgilaydi.
Davlat reyestrining maqsad va vazifalari:
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining Davlat reyestrini shakllantirish va yuritishda axborotning yaxlitligini ta’minlash;
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining Davlat reyestrini shakllantirish va yuritishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda olib borish;
Shaxsga doir ma’lumotlari mulkdori va (yoki) operatorlarining faoliyatini qonuniyligini ta’minlash, davlat ro‘yxatidan o'tkazish va hisobini yuritish;
O‘zbekiston Respublikasida shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablari bajarilishini ta’minlashda foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish.
Davlat reyestri xizmatidan foydalanish:
Ushbu Davlat reyestri xizmati foydalanuvchilarini shaxsga doir ma’lumotlar bazasining mulkdori va shaxsga doir ma’lumotlar bazasining operatorilari tashkil etadilar.
Mulkdor va (yoki) operator tomonidan shaxsga doir ma’lumotlar bazasini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ariza Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi vositasida namunaviy ariza shakllantirish va uni Davlat personallashtirish markaziga yuborish imkoniyatini yaratadi.
Mulkdor va (yoki) operatorning xohishiga ko‘ra ariza qog‘oz shaklida berilishi mumkin.
Mulkdor va (yoki) operator tomonidan ariza shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Mulkdor va (yoki) operator arizani so‘ralayotgan ma’lumotlarni kiritish va Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi tomonidan umumiy ma’lumotnomadan taklif etilayotgan ma’lumotlarni tanlash yo‘li bilan shakllantirish imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Arizada keltirilgan ma’lumotlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi shaxsga doir ma’lumotlar bazasini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi vositasida shakllantiriladi hamda ushbu guvohnoma Davlat personallashtirish markazi tomonidan mulkdor va (yoki) operatorning elektron pochta manziliga yuborilishi va guvohnomaning elektron nusxasini mulkdor va (yoki) operatorning Davlat reyestrini yuritish axborot tizimidagi «shaxsiy kabineti» orqali yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
Me’yoriy hujjatlar bazasi:
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 71-sonli «Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori.