O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlari maxfiylik siyosati
Asosiy tushunchalar
Shaxsga doir ma'lumotlar - jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti (subyekt) - shaxsga doir ma'lumotlar o‘ziga taalluqli bo‘lgan jismoniy shaxs;
Shaxsga doir ma'lumotlar bazasi - tarkibida shaxsga doir ma'lumotlar mavjud bo‘lgan, axborot tizimi tarzidagi ma'lumotlar bazasi;
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish - shaxsga doir ma'lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
Shaxsga doir ma'lumotlar bazasining operatori (operator) - shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Shaxsga doir ma'lumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) - shaxsga doir ma'lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Uchinchi shaxs - subyekt, mulkdor va (yoki) operator bo‘lmagan, ammo shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish bo‘yicha holatlar yoki munosabatlar orqali ular bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday shaxs.
Shaxsga doir ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish - kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash;
Shaxsga doir ma'lumotlarni tarqatish - shaxsga doir ma'lumotlarni nomuayyan doiradagi shaxslarga oshkor etishga qaratilgan harakatlar;
Shaxsga doir ma'lumotlarni taqdim etish - ma'lum bir shaxsga yoki ma'lum bir doiradigi shaxslarga shaxsga doir ma'lumotlarni oshkor qilishga qaratilgan harakatlar;
Shaxsga doir ma'lumotlarni bloklash - shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish (shaxsni aniqlash uchun ishlov berish talab etilgan holatlar bundan mustasno);
Shaxsga doir ma'lumotlarni yo‘q qilish - amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir ma'lumotlarni tiklash imkoni bo‘lmay qoladigan harakatlar shaxsga doir ma'lumotlarni yo‘q qilishdir.
Shaxsga doir ma'lumotlarni egasizlantirish - amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir ma'lumotlarning muayyan subyektga tegishliligini aniqlash imkoni bo‘lmay qoladigan harakatlar shaxsga doir ma'lumotlarni egasizlantirishdir;
Biometrik shaxsga doir ma'lumotlar - shaxsning fiziologik va biologik o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi ma'lumotlar, ularning asosida uning shaxsini aniqlash mumkin bo‘lgan va sayt ma'muriyati tomonidan shaxsga doir ma'lumotlar subyektining biologik qiyofasini aniqlash uchun foydalaniladigan shaxsga doir ma'lumotlardir;
Shaxsga doir ma'lumotlarni tarkibi
Subyektning shaxsga doir ma'lumotlariga quyidagilar kiradi: F.I.Sh, tug‘ilgan yili, shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (JSHSHIR), Soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR), yashash manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami, oilaviy ahvoli, ish joyi, lavozimi, shuningdek, subyektga tegishli boshqa ma'lumotlar.
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish asos va maqsadlari
Quyidagi asosalarga ko‘ra shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov beriladi:
Subyektning shaxsiga doir ma'lumotlarga ishlov berishga roziligi;
Qonunchilik talablari bajarilishi talab etilganda;
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadlari:
mulkdor va (yoki) operatorning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, nizomlar, ta'sis hujjatlari yoki boshqa hujjatlarning mavjudli;
Qonunchilikda belgilangan talablarni bajarish;
Egasizlantirilgan ma'lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish.
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning asosiy prinsiplari
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlab berish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish;
shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
shaxsga doir ma'lumotlarning aniqligi va ishonchliligi;
shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi;
subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi;
shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligi.
Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilishni amalga oshirish
Mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bo‘yicha quyidagilarni ta'minlaydigan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi:
subyektning o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini;
shaxsga doir ma'lumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini;
shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini;
shaxsga doir ma'lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini.
Shaxsga doir ma'lumotlar subyektining huquqlari
Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti quyidagi huquqlarga ega:
mulkdorda va (yoki) operatorda, shuningdek uchinchi shaxsda o‘z shaxsga doir ma'lumotlari va ularning tarkibi mavjudligini bilish;
mulkdordan va (yoki) operatordan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish to‘g‘risidagi axborotni so‘rov bo‘yicha olish;
o‘zining shaxsga doir ma'lumotlaridan foydalanish imkoniyatini berish shartlari to‘g‘risida axborot olish;
o‘zining shaxsga doir ma'lumotlariga nisbatan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli organga yoki sudga murojaat etish;
o‘z shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish uchun rozilik berish va bunday rozilikni chaqirib olish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
o‘zining shaxsga doir ma'lumotlarini shaxsga doir ma'lumotlarning hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalarda tarqatilishi uchun mulkdorga va (yoki) operatorga, shuningdek uchinchi shaxsga rozilik berish;
agar shaxsga doir ma'lumotlar to‘liq bo‘lmasa, eskirgan, noaniq bo‘lsa, qonunga xilof ravishda olingan bo‘lsa yoki ishlov berish maqsadlari uchun zarur bo‘lmasa, mulkdordan va (yoki) operatordan o‘zining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishni vaqtincha to‘xtatib turishni talab qilish huquqiga ega.