O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi

Qonun ijrosi amalda

2021 yil 30 sentabr kuni Davlat personallashtirish markazi, O‘zkomnazorat, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «Tencent Inc» kompaniyasi vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” Qonunining 271‑moddasi talablarining bajarilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya o‘tkazildi.

Videokonferensiyada O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining ijrosini ta’minlash va kelgusida o‘zaro hamkorlikda ishlarni tashkil etish borasida muhim vazifalar belgilab olindi.